Yosh qalamkashlar davrasida

2021-12-01T18:39:59+05:001 December, 2021|Hududlardan yangiliklar, Qashqadaryo vil., Umumiy yangiliklar, Yangiliklar|

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo`limida tomonidan o`tkazilgan davra suhbati doirasida ”Sadoqat”, “Mirishkor mash’ali” gazetalarida muxbir, bo`lim boshlig`i vazifalarida ijodiy faoliyat olib borgan faxriy jurnalist Amon Burxonov o`z tajribasidan kelib chiqib, yosh jurnalistlarga kasbiy mahorat sirlaridan saboq berdi.
Davra suhbatida uyushmaning viloyat bo`limi raisi Galaviddin Yuldashov, “Sevinch bilimdon” gazetasi bosh muharriri Guli Rahimova yurtimizda sohaga qaratilayotgan e’tibor hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati xususi so`z yuritdi. Yosh jurnalistlar esa o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Qashqadaryo viloyati bo`limi