Xalq diplomatiyasi rivojida xalqaro axborotning ahamiyati

2021-12-01T15:24:00+05:001 December, 2021|Hafta maqolasi, Umumiy yangiliklar, Yangiliklar|

Xalqaro Аxborot kuni munosabati bilan Oʼzbekis­ton Jurnalistlari ijodiy uyushmasi va Oʼzbekis­tonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq dip­lomatiyasi markazi hamkorligida “Xalq diplomatiyasi rivojida xalqaro axborotning ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani boʼlib oʼtdi.

 Milliy matbuot markazida oʼtkazilgan mazkur tadbirda Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirov, Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʼsarov, Xalq diplomatiyasi markazining ijodiy guruhi rahbari, adabiyotshunos olim, tarjimon, filologiya fanlari nomzodi Zuhriddin Isomiddinov oʼz maʼruzalari bilan qatnashdilar.

Tadbirni kirish soʼzi bilan ochgan Xalq diplomatiyasi markazi rahbari Qobiljon Sobirov Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Oʼzbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etilishini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorini eslatib, unda ShHT mamlakatlari oʼrtasida axborot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga koʼmaklashish, axborot resurslarini shakllantirish hamda ShHTning maqsad va vazifalari, faoliyatining ustuvor yoʼnalishlari va acocli printsiplarini keng tushuntirish maqsadida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish, ShHT mamlakatlarining madaniy-gumanitar sohada erishgan yutuqlari toʼgʼrisida axborot tahliliy materiallar tayyorlash va ularni muntazam chop etib borishda jurnalistlarga doimiy ravishda yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladi.

Davra suhbatida madaniy, ilmiy, maʼrifiy dasturlarni tashkil etish, oʼzaro delegatsiyalar almashinuvi, dolzarb mavzudagi xalqaro forumlar, badiiy koʼrgazmalar, musiqa festivallari va sport tadbirlarini oʼtkazish doirasida Markaz bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida ishtirokchilarga maʼlumotlar berildi. Shu bilan birgalikda tashkilot tomonidan chop etilgan “Oʼzbekis­tonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq diploma­tiyasi markazi”, “Sakkiz elning sakson ulugʼ siymosi”, “Barqaror rivojlanishda yetakchi ayollar rolini oshirish” kabi kitoblar taqdimoti ham oʼtkazildi.

Kecha soʼngida yurtimizda amalga oshayotgan islohotlarni xalqaro miqyosda targʼib etishda faol qatnashgan bir guruh jurnalistlarga markaz tomonidan esdalik sovgʼalari topshirildi.

Kamoliddin ROʼZIMАTOV