“Tuya”ni shamol uchirsa, “echki”ni osmonda koʼr…”

2021-11-29T18:38:35+05:0029 November, 2021|Hafta maqolasi, Surxondaryo vil., Umumiy yangiliklar, Yangiliklar|

“Termiz oqshomi” gazetasining 2021 yil 23 noyabrda chop etilgan 18-19-qoʼshma sondagi “Tuya”ni shamol uchirsa, “echki”ni osmonda koʼr…” sarlavhali maqolada Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan “Matbuot uyi”ning 80 foizi hokimlik tasarrufidagi tashkilotlarga berilgani tanqid ostiga olinadi.

Ushbu maqolada “Termiz oqshomi” gazetasining ijara toʼlovi bilan bogʼliq muammolar borligi, tahririyatning hisob raqamida mablagʼi yoʼqligi, Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining viloyatdagi boshqarmasi tomonidan ijara bilan bogʼliq muammoni hal qilish masalasi ijobiy yechib berilmagani ham bayon etilgan. Ijodiy faoliyat olib borish uchun sharoit yoʼqligi sababli salohiyatli jurnalistlar boshqa ish bilan shugʼullanayotgani taʼkidlab oʼtilgan.

“Termiz oqshomi” gazetasida chop etilgan maqola boʼyicha Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Surxondaryo viloyati boshqarmasidan maʼlum qilinishiga koʼra, bino hokimlik balansida emas, boshqarma balansda. Hokimlik tasarrufidagi deyilayotgan tashkilotlar binoning 80 foizini emas, 35 foizini egallagan, ularning nolь qiymatda turishi huquqiy hujjatlarda belgilab qoʼyilgan. Shunday boʼlsa-da, binoning saqlanishiga moliyaviy koʼmak berib kelishadi.

“Termiz oqshomi” gazetasi esa shahar hokimligi muassisligidagi gazeta hisoblanadi, Ijara davlat unitar korxonasi (DUK) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 2 ta xonani ijaraga olishgan. Аmmo shartnoma shartlarida belgilangan ijara summasini 1 yildan beri toʼlamay keladi. Shartnomada esa ijara haqini har chorak boshida toʼlab borishi belgilangan. Shunga qaramay, gazeta tahririyatini hech kim chiqinglar demagan, sudga ham berilmagan. Ijara DUK shartnoma shartlarining bajarilishini soʼrayapti, xolos. Ijara summasini ham, penyasini ham boshqarma emas, Ijara DUK belgilagan.uv