Faxriy jurnalist bilan uchrashuv

2021-11-29T18:25:24+05:0029 November, 2021|Hafta maqolasi, Umumiy yangiliklar, Yangiliklar|

Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʼlimi tomonidan Аbdulla Oripov nomidagi Ijod maktabi bilan hamkorlikda “Uch avlod birdamligi — yoshlarimiz kelajagi uchun buyuk poydevor” mavzusi davra suhbati tashkil etildi. Tadbirga uyushma aʼzosi, faxriy jurnalist Husan Temirov taklif qilindi.

Uchrashuvda jurnalist boʼlishni istagan oʼquvchilar sohada boy tajribaga ega ustoz bilan muloqotga kirishib, oʼzlarini qiziqtirgan mavzularda suhbatlashdi, matbuotga doir savollariga ham javob oldilar. Tadbir davomida Ijod maktabi oʼquvchilari Аbdulla Oripovning sheʼrlaridan oʼqib berdi, oʼzlarining nashr etilgan kitoblari va yozgan maqolalari xususida ham soʼz yuritdi.

Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʼlimi xodimi Muhayyobonu Qurbonova “Navroʼzangman, onajon” nomli kitobini maktab kutubxonasiga tuhfa qildi. Davra suhbati koʼtarinki ruhda oʼtdi.

Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy
uyushmasi Qashqadaryo viloyati boʼlimi