Hozir bizdagi elektr muammosining yechimi GES ham, АES ham emas…

2021-11-24T16:42:14+05:0024 November, 2021|Fikrlar, Hafta maqolasi, Umumiy yangiliklar|

Shu kunlarda Energetika vazirligining xabar qilishicha, yurtimizning ayrim hududlarida elektr energiyasining uzilishi holatlari suv bilan bevosita bogʼliq ekan. Maʼlum boʼlishicha, joriy yilda suv tanqisligi tufayli mamlakat gidroelektr stantsiyalarida elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi qariyb 30 foizga kamaygan va bu ayrim hududlarda elektr energiyasi taʼminotining uzilishlariga sabab boʼlgan. 2019 yilda gidroelektr stantsiyalarda ishlab chiqarish 6,5 mlrd. kVt soatni tashkil etgan boʼlsa, 2020-2021 yillarda bu koʼrsatkich 1,5 mlrd. kVt soatga (30 %) kamaygan.

«Mazkur 1,2 mlrd. kVt soat elektr energiya bilan respublika aholi isteʼmolchilarini bir oy mobaynida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash mumkin», – deyiladi xabarda. Qayd etilishicha, joriy yilda suv omborlarida belgilangan suv zaxiralari toʼplanmagani nafaqat Oʼzbekiston, balki qoʼshni respublikalarda ham kuzatilmoqda.

Аmmo 2020 yil Oʼzbekistonda jami GESlar ishlab chiqargan elektr toki umumiy ishlab chiqarilgan elektr salmogʼining 5 foizini tashkil etgan xolos. Qolgan 95 foiz elektr energiyasi esa IESlar hissasiga toʼgʼri kelgan. Demak, hozircha elektr energiyasi yetkazib berish borasidagi uzilishlarga suv miqdorining kam boʼlganligini bahona qilish unchalik ham mantiqqa toʼgʼri kelmayapti.