OAV vakillari, jurnalist va blogerlar uchun media-tur tashkil etildi

2021-10-21T14:57:12+05:0021 October, 2021|Hududlardan yangiliklar, Umumiy yangiliklar, Xorazm vil.|

Bugun O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi tashabbusligida saylov jarayoni bilan tanishtirish maqsadida media-tur tashkil etildi.

Unda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi faoliyati, shu bilan birga, Urganch shahridagi 32-uchastka saylov komissiyasi va Urganch tumanidagi 249-uchastka saylov komissiyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ushbu media-tur davomida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni va pandemiya sharoitida saylov o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy ishlarni kuzatishdi. Shuningdek, ishtirok etgan barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi raisi Bahrom Abdullayev tomonidan batafsil javob berildi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi.