Uch avlod jurnalistlari diydorlashdi

2021-10-14T11:24:06+05:0014 October, 2021|Hududlardan yangiliklar, Surxondaryo vil., Umumiy yangiliklar|

Surxondaryo viloyatida o‘ziga xos jurnalistika tajribasi shakllangan bo‘lib, Tesha Saydalayev, Mengziyo Safarov, Rahmatulla Abdurahmonov, Geldimurod Saidmalikov, Mahmud Abdulfayzov, Jamila Ergasheva, Soatmurod Jo‘raqulov, Davron Gʻulomov kabi ustoz va murabbiylari yosh avlodga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Ularning faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida Termiz shahridagi Matbuot uyida uch avlod uchrashuvi tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil qilgan tadbirga bir guruh ijodkorlar ishtirok etdi. Ularga uyushma a’zolari bo‘lgan To‘ra Qobilov, Tojigul Davronova, Abdulla Xolmirzayev, Annuqul Shaymardonov va Yoqub Norboyev faoliyati haqida yosh jurnlaistlarga so‘zlab berdi va marhum ustozlarini xotirlashdi.

Keksa jurnalistlarimizning shogirdlari bo‘lgan “Xalq yo‘li” gazetasining bosh muharriri Chori Jumaqulov, uyushmaning viloyat bo‘limi raisi Muhiddin Abdurahmonov, “Xalq so‘zi” gazetasining viloyatdagi muxbiri Ilhom Rahmatov o‘z fikr-mulohazalari, tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Qizg‘in o‘tgan uchrashuvda nuroniylarimizga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mastura Xamrayeva
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi
Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi