Faxriy jurnalistlar bilan muloqot

2021-09-24T18:43:47+05:0024 September, 2021|Hududlardan yangiliklar, Qashqadaryo vil., Umumiy yangiliklar|

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qashqadaryo viloyati bo‘limida viloyatimizning yillar mobaynida turli bosma va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritib kelgan faxriy jurnalistlar bilan birgalikda muloqot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur muloqotda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Galaviddin Yuldashov, Qashqadaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar hududiy boshqarmasi ommaviy axborot vositalari nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Chorshanbi Rahmonov hamda “Nuroniy” gazetasining viloyat muxbiri Shavkat Sultonovlar ishtirok etishdi.

Muloqot jarayonida yurtimizda bosma OAV sohasiga qaratilayotgan e’tibor, olib borilayotgan islohotlar, yutuqlar va muammolar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini almashdilar.

O‘zJIU Qashqadaryo viloyati bo‘limi