Qadri baland Ona tilim!

2020-10-21T09:29:03+05:0021 October, 2020|Surxondaryo vil.|

Bir necha xalq va millatlarni bag`rida birlashtirgan O`zbekiston o`zining qadriyatlari va an’analarini uyg`unlashtirgan xolda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa asrlar davomida shakllangan Ona tilimiz o`zbek xalqining milliy tili sifatida g`urur timsolidir.

Istiqlolga erishganimizdan so`ng ona tilimiz obro`si yana qaytadan tiklandi.. Mana o`ttiz bir yilki, bebaho boyligimiz bo`lgan ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan sana 21- oktabr kuni keng nishonlanib kelmoqda.

Shu munosabat bilan bugun erta tongdan Termiz shahridagi Alisher Navoiy haykali o`rnatilgan maydonda katta tadbir tashkil qilindi. Unda viloyat, shahar hokimligi, tashkilot va korxonalar, oliy ta`lim muassasalari qatorida O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo`limi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Musiqa sadolari ostida tayyorlangan gulchanbarni uyushma vakillari ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birgalikda Mir Alisher Navoiy bobomiz poyiga qo`yib, hurmat ko`rsatishdi.

Mastura Xamrayeva

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo`limi mutaxassisi