PREZIDENT TABRIGIGA MUNOSABAT So‘z va axborot erkinligini ta’minlashning muhim omili

2020-06-29T08:02:27+05:0029 June, 2020|Umumiy yangiliklar|

Shuhrat ORIPOV, ATB «Qishloq qurilish bank» boshqaruvi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi:

– Davlatimiz rahbarining bu yilgi bayram tabrigida davlat idoralari va tashkilotlarining Axborot xizmatlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 201 tuman-shahar hokimliklarida ilk bor Axborot xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Darhaqiqat, bu ochiqlik va axborot siyosati sohasidagi islohotlarning samarasidir.

O‘tgan yili 27 iyunda qabul qilingan Prezident qarori tom ma’noda Axborot xizmatlari rivojida yangi bosqichni boshlab berdi. Eng avvalo, davlat idoralari va mahalliy hokimiyat organlari rahbarlarida Axborot xizmati faoliyatiga, ommaviy axborot vositalari bilan ishlashga munosabat tubdan o‘zgardi. Tashkiliy-huquqiy jihatdan matbuot kotiblarining maqomi oshirildi, zarur moddiy-texnik imkoniyatlar yaratilmoqda.

Bularning barchasi aholining davlat boshqaruvi organlari faoliyatidan xabardorlik darajasini oshirishga va axborot makonida fuqarolarning axborotlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga xizmat qilmoqda.