Yurakdan yurakka intiluvchi diplomatiya

2020-06-26T15:05:39+05:0026 June, 2020|Umumiy yangiliklar|

Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi makrkazi tomonidan mazkur tashkilotga a’zo davlatlar madaniyati, ertaklar, maqollar hamda buyuk olimlari, mutafakkirlari haqida xikoya qiluvchi uchta to‘plamdan tayyor bo‘lgan dastlabki ikkita kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda adabiyotshunos olimlar, taniqli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mazkur taqdimot “Uzreport” telekanali orqali to‘g‘ridan – to‘g‘ri efirga uzatildi.

Taqdimotda so‘z olgan ekan –“Ishonchim komilki, ShHT davlatlari va xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarini, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish mintaqaviy hamkorlikni yanada faollashtirish va ochiq muloqot uchun shart-sharoit yaratishga shubxasiz yordam beradi”,-deydi ShHTning Xalq diplomatiyasi markazi direktori v.v.b Qobiljon Sobirov.

Markazning ijodiy guruxi va adabiyotshunos olim Zuxriddin Isomiddinov boshchiligida tayyorlangan “Sakkiz elning sakson sakkiz ertagi”, “Sakkiz elning son-sanoqsiz o‘giti” kitoblari, shuningdek, “ShHTga a’zo mamlakatlarning pochta markalari esdalik albomi” lari hususida mutaxassislar va jurnalistlarga atroflicha ma’lumot berildi.