Qutlov

2020-06-24T07:47:24+05:0024 June, 2020|Qutlovlar|

Bugun taniqli jurnalist, siyosatchi va shoir, “O‘zbekiston strategiyasi” jurnali bosh muharriri Shuhratbek Dehqonovning tug‘ilgan kuni.

Shuhratbek Dehqonov Namanganda tavallud topgan. Jurnalistika sohasida katta tajribaga ega. Ko‘p yillardan beri davriy nashrlarda faoliyat olib boradi. Qator publitsistik maqolalari bilan tanilgan. “Oltin qalam” Milliy mukofoti sohibi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida mamlakat parlamenti hayotida faol ishtirok etgan.

Bir necha she’riy to‘plamlar muallifi. Ko‘plab she’rlari qo‘shiqqa aylangan

Ayni paytda “Taraqqiyot strategiyasi” markazida ish olib bormoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Shuhratbek Dehqonovni tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz. Unga uzoq, sermazmun umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va quvonch-shodlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.