Qutlov

2020-06-13T05:44:27+05:0013 June, 2020|Qutlovlar|

Bugun «Saodat» jurnali bosh muharriri, taniqli publitsist va shoira Munavvara Usmonova tavallud topgan kun. M.Usmonova 1965 yil 13 iyunda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan.

U Toshkent davlat pedagogika institutining o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. «Diydor», «Sizga o‘xshasin», «Sog‘inch manzili», «Yuragimdasan, Vatan», «Bunday elni qaydan topasan», «Keragimsiz» kabi she’riy to‘plamlar, «Vatan − ulug‘ darsxona» nomli publitsistik maqolalar jamlangan kitoblari o‘quvchilarga yaxshi tanish.

Bir qancha asarlari ozarbayjon, nemis, tojik, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.

Munavvara Usmonova 2013 yil «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan M.Usmonovani tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik va quvonch-shodlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.