Yangi Farmon asosida brifing tashkil etildi

2020-06-11T05:20:01+05:0011 June, 2020|Surxondaryo vil.|

Yurtimizda barcha sohalar singari bojxona tizimida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Yurtboshimizning 2020 yil 5 iyun kuni «Bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish va O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6005 sonli Farmoni buning dalilidir..

Ushbu farmon asosida viloyatimizda rejalashtirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berish uchun O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi va viloyat Bojxona boshqarmasi hamkorlikda karantin qoidalariga roiya qilgan xolda brifing tashkil etdi.

Farmonda keltirilgan bojxona ma’muriyatchiligini isloh etish, bojxona organlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish, “qog‘ozsiz va elektron bojxona”ning mantiqiy davomi va rivojlanishi bo‘lgan “raqamli bojxona”ni shakllantirish, bojxona ishi sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi haqida soha mutaxassislari batafsil ishtirok etgan ommaviy axborot vositalari xodimlariga aytib o‘tishdi.

Shuningdek bojxona postlarida eksport va import jarayonlari haqida mahalliy va qo‘shni davlat tadbirkorlarining savollari hamda murojaatlariga javob berishdi.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi