Ajdodlar merosiga ehtirom

2020-06-11T05:13:21+05:0011 June, 2020|Namangan vil.|

Namangan viloyati markazidagi “Adiblar xiyoboni”da milliy gvardiyamiz tarkibida xizmat qilayotgan yigit-qizlar bilan yuzma-yuz muloqot bo‘lib o‘tdi.

Karantin tartiblariga monand muloqotni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi raisi Nosirjon Dehqonov boshqardi.

Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ma’naviyat targ‘ibotchilari publitsist Abdumutallib Qosimov, shoira Ruqiya G‘oziyeva hamda respublika ’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi mutaxassisi Sobitxon Meliboyev ishtirok etdilar.

-“Adiblar xiyoboni”dagi Boborahim Mashrabning muazzam haykali va uning tegrasidagi xiyobonlarga o‘rnatilgan Asiriddin Axsikatiy, Ishoqxon Ibrat, Mulla Yo‘ldosh Xilvatiy, So‘fizoda, Nabixon Chustiy, Rafiq Mo‘min, Usmon Nosir, Husniddin Sharipov va Habib Sa’dulla kabi o‘n nafar istiqlol fidoyisi bo‘lgan so‘z san’atkorlarining hayoti va ijodi haqida , ularning ijodiy meroslari bo‘yicha berilgan ma’lumotlar biz uchun g‘oyat qiziqarli va muhim bo‘ldi, -deydi Milliy gvardiya yoshlar yetakchisi Elyor Elmurodov.

Ishtirokchilar Ma’naviyat targ‘ibotchilari, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limiga minnatdorlik bildirishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan harbiy yoshlar vakillari huddi shunday muloqotlarni tez-tez o‘tkazib turish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.

Saida ISMOILOVA, uyushma viloyat bo‘limi mutaxassisi.