Qutlov

2020-06-10T05:38:32+05:0010 June, 2020|Qutlovlar|

Bugun taniqli jurnalist va tarjimon, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a’zosi Shoqahhor Salimov tug‘ilgan kun. U 1957 yili O‘ratepa tumanida tavallud topgan. Oliy ma’lumotni Toshkentda olgan. Faoliyati davomida “Ovozi tojik” gazetasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining tojik tilidagi eshittirishlari bo‘limi, Toshkent Xalqaro radiokanalida mas’ul lavozimlarda ishlagan, keyinchalik O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida (hozirda O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi), O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasida mehnat qilib, milliy jurnalistika rivojiga hissa qo‘shgan. Qator dolzarb maqolalar muallifi. O‘nlab kitoblarni tarjima qilgan. U o‘z samimiyati, jonkuyarligi, bilim-zakovati va fidoyiligi bilan hurmat qozongan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Shoqahhor Salimovni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz.Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va quvonch-shodlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz!