G‘oliblar aniqlandi

2020-05-16T05:42:35+05:0016 May, 2020|Umumiy yangiliklar|

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan “G‘alaba – 75” badiiy-publitsistik asarlar tanlovining Respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

“Eng yaxshi she’riy asar” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’matov “Vatan uchun jangga kirgan otaxonlar” she’riy asari uchun 88 ball bilan, “Eng yaxshi xikoya” nominatsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jo‘ra Vahobovich Fozilov “Urushning so‘nggi ertagi” nasriy asari uchun 92 ball bilan, “Eng yaxshi badiiy-publitsistik asar” nominatsiyasi bo‘yicha Yozuvchilar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi rahbari Enaxon Abdurahimovna Siddiqova “Urush ko‘rgan bog‘” asari uchun 96 ball bilan g‘olib deb topildi.

Shuningdek, “Eng yaxshi she’riy asar” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan davlat universiteti talabasi Mirzoozod Mirzoulug‘ o‘g‘li Mirzane’matov “G‘alabaning 75 yilligiga” she’riy asari uchun, “Eng yaxshi hikoya” nominatsiyasi bo‘yicha Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani 1-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Lobarxon Ibragimovna Rustamova “O‘lmas o‘rik” hikoyasi uchun, “Eng yaxshi badiiy-publitsistik asar” nominatsiyasi bo‘yicha Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Yo‘ldoshevich Tugalov “Qahramonlar mangu yashaydi” asari uchun rag‘batlantirishga loyiq deb topildi.

G‘oliblar tojvirus sabab yurtimizda e’lon qilingan karantindan so‘ng mukofotlanadi.

Ularni g‘oliblik bilan tabriklaymiz.