Suratlarga ko‘chgan lahzalar (fotojamlanma)

2020-05-07T11:31:48+05:007 May, 2020|Fotogalereya|

9 may – Xotira va Qadrlash kuni tobora yaqin qoldi. Har yili shu kunlar Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyati qizg‘in va shukuhli, Milliy matbuot markazimiz esa uyushma fahriylari, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari bo‘lgan jurnalistlar bilan gavjum bo‘lardi.

Bu fotosuratlarda ana shunday lahzalar o‘z aksini topgan. Vaqt o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Fahriylarimiz saflari ham yil sayin o‘zgarib bormoqda. Oralarida har yili kimlardir davrani tark etmoqda, kimlar ular o‘rnini to‘ldirmoqda.

O‘tganlarning oxiratlari obod, qolganlar salomat bo‘lsin!