Onlayn matbuot anjumani tashkil etildi

2020-05-05T18:02:16+05:005 May, 2020|Surxondaryo vil.|

Surxondaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida ilk bor onlayn matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda bir vaqtning o‘zida «Zoom» ilovasiga O‘zbekiston milliy axborot agentligi va “Xalq so‘zi” gazetasining viloyatdagi muxbirlari, “Surxon tongi”, “Zarya Surxana” gazetalari xodimlari, tuman hokimliklari axborot xizmati rahbarlari, jurnalist va blogerlardan iborat 20 nafarga yaqin ijodkor ulandi.

Birinchi onlayn matbuot anjumanida Termiz davlat universiteti rektori A.H.Toshqulov «Oliy ta’limdagi o‘zgarishlar» mavzusida jurnalistlar savollariga javob berdi. Anjumanda shuningdek, universitetdagi yangiliklar, o‘zgarishlar, kelgusidagi rejalar va karantin sharoitida talabalarning onlayn ta’lim olishini nazorat qilish hamda joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi