Qutlov

2020-05-02T19:40:09+05:002 May, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 3 may O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi ekspertlar kengashi raisi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi, ustoz jurnalist Sherzod G‘ulomov tavallud topgan kun.

Sherzod G‘ulomov 1944 yil 3 may kuni Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining (hozirda O‘zbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetini tugallagan. Mehnat faoliyatini O‘zbekiston televideniyesida muharrirlikdan boshlab, bosh muharrir, dasturlar direktori lavozimlarida ishlagan. Shundan so‘ng Afg‘oniston televideniyesida maslahatchi lavoziimida do‘st mamlakatda telejutsrnalistika rivojiga hissa qo‘shgan. Keyinchalik faoliyatini chet ellarga eshittirishlar Toshkent xalqaro radiokanali direktori, rais o‘rinbosari lavozimlarida davom ettirgan.

2004-2014 yillarda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi sifatida ish olib borgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi. “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan ustoz Sherzod G‘ulomovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklaymiz, unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.