Qutlov

2020-04-26T09:21:26+05:0026 April, 2020|Qutlovlar|

Bugun taniqli jurnalist, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari Sobirjon Shukurov tavallud topgan kun.

U 1973 yil 26 aprelda Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Jurnalist. Bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari magistri.

U ko‘p yillar O‘zbekison Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat olib borgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentining bosh mutaxassisi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushgmasi nomidan S.Shukurovni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy farovonlik, ijodiy yutuqlar tilaymiz!