Karantin davrida birjada xarid qilingan tovarlarni yuklash va tashishda hech qanday cheklovlar yo‘qligi aytildi

2020-04-17T13:06:46+05:0017 April, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekistonda karantin davrida yuk tashish transportlari uchun cheklovlar mavjud bo‘lmaganligi sababli birja savdolarida xarid qilingan tovarlarni yuklash va tashishda muammolar mavjud emas. Bu haqda 16 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Tovar-xom ashyo birjasi axborot xizmati rahbari Hikmatilla Tillaboyev ma’lum qildi.

Tovar-xom ashyo birjasi axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, birja tomonidan tovarlarni tuzilgan bitimlarning elektron reyestri asosida yuklash tizimi yaratildi va sotuvchi korxonalarga tovarni yuklash uchun bitimning asl nusxasi talab etilmasligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.