Jurnalistika antologiyasi yaratilmoqda

2020-04-17T08:11:07+05:0017 April, 2020|Umumiy yangiliklar|

Uyushmamiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 oktyabrdagi “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori va ushbu hujjatga ilova qilingan “2019-2021 yillarda Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur”ning 22-bandi ijrosi doirasida o‘zbek jurnalistikasi rivojlanish bosqichlari antologiyasini yaratish borasidagi sa’i-harakatlar masofaviy tartibda davom ettirilmoqda.

Katta mehnat va izlanish talab qiladigan ushbu ijodiy jaryonga O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, O‘zbekiston Milliy universitetining Jurnalistika hamda O‘zbekiston jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetlari, shuningdek, yurtimiz yetakchi OAVlari hamda boshqa bir qator tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan (jurnalistika sohasiga aloqador) ilmiy xodimlar, olimlar, tajribali o‘qituvchilar, ustoz jurnalistlar jalb etilgan. Ular ko‘magida ishchi guruhlar konsepsiyasi ishlab chiqilib, antologiyaga asarlari kiritilishi ko‘zda tutilayotgan mualliflar ro‘yxati shakllantirildi. Kelishilganidek, o‘zbek milliy jurnalistika antologiyasini muayyan yillarni o‘z ichiga olgan davrlarga bo‘lgan holda yaratishga bel bog‘langan.

Hozirgi vaqtda ishchi guruhlar ish rejasi asosida mutaxassis va olimlar bilan on-layn hamkorlikda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va “Ma’naviyat” nashriyotida saqlanayotgan umumiy fonddan jurnalistikaning rivojlanish bosqichlariga oid zaruriy (turli mualliflarning asarlari) ma’lumot va materiallarning elektron variantlarini olish, mualliflar materiallarini tanlash va ularni uyushma veb-saytiga joylashtirishga tayyorlash jarayoni kechmoqda.