Qutlov

2020-04-16T12:12:01+05:0016 April, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 16 aprel – O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov tavallud topgan kun.

Muhammadjon Obidov Farg‘onada tug‘ilib-o‘sgan. U milliy jurnalistikada o‘z o‘rni, o‘z ovoziga ega bo‘lgan tashkilotchi va ijodkor. Uzoq yillar Milliy teleradiokompaniya tizimida faoliyat olib borib, o‘zining o‘tkir va dolzarb materiallari bilan tanilgan. “O‘zbekiston ovozi” gazetasining viloyatdagi vakili sifatida ish olib boradi. Ayni paytda Farg‘ona viloyatining yetakchi “Farg‘ona haqiqati” va “Ferganskaya pravda” gazetalari bosh muharriri, Viloyat hokimligi axborot xhizmati rahbari.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Muhammadjon Obidovni tug‘ilgan kuni bilan chin ko‘ngildan muborakbod etamiz va unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik va farovonlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz.