Sahovatpesha jurnalist xalqqa yordamlashmoqda

2020-04-12T16:39:24+05:0012 April, 2020|Surxondaryo vil.|

Termiz shahrida xabaringiz bor «Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish Markazi» o‘z faoliyatini boshlagan. Ushbu markazda tashkil etilgan “Call-markaz” ga birinchi kunda – 73 ta murojaat qilingan bo‘lsa, bugungi kunga qadar ularning soni jami 2 324 taga yetdi. Ushbu murojaatlar elektron dastur orqali har bir tuman bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhlarga yuborilmoqda. Karantin sharoitida mutasaddi tashkilotlar tomonidan qilinayotgan bu kabi xayrli ishlarni keng yoritib kelayotgan jurnalistlar endilikda savobli ishga ham qo‘l urib xalqqa yordam bermoqda. Misol uchun “Ayol va zamon” gazetasining bosh muharriri Komila Yusupova.

Saxovatpesha jurnalist hozirgi vaziyatda kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan o‘n nafariga beminnat yordam ko‘rsatib, oziq-ovqat maxsulotlari yetkazib berdi. Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi bilan aholiga yordam ishlarini davom ettirayotgan opa oz bo‘lsada insonlarga og‘ir damlarda ko‘mak berish istagida. Shu istak maqsadga aylangan holda boshqa ijodkorlar ham bu xayrli ish atrofida birlashmoqda.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi