O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon vafot etdi

2020-04-11T16:14:26+05:0011 April, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston xalq shoiri, taniqli jurnalist Anvar Obidjon 11 aprel kuni 73 yoshida vafot etdi.

Anvar Obidjon 1947 yil 25 yanvarda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanining Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Qator nashrlarda, jumladan «Cho‘lpon» nashriyotida bosh muharrir, O‘zbekiston televideniyesida muharrir sifatida faoliyat yuritgan.

Anvar Obidjon o‘zbek bolalalar adabiyotining zabardast vakili sanaladi. Undan bolalar uchun mo‘ljallangan o‘nlab she’riy va nasriy asarlar, qissa va dostonlar qoldi.

U 1997 yilda «Shuhrat» medali, 1998 yilda O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 2011 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangan. Ayni shu yili jurnalistika rivojiga qo‘shgan hissasi uchun “Oltin qalam” milliy mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor qiladi.