Qutlov

2020-04-06T09:30:39+05:006 April, 2020|Qutlovlar|

Bugun taniqli jurnalist va shoir, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Samarqand viloyati bo‘limi raisi Farmon Toshev tug‘ilgan kun.

Farmon Toshev 1975 yilda Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, 2010-2014 yillarda va 2020 yildan buyon Oliy Majlis Senati a’zosi. 2014 yildan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limini boshqarib kelmoqda.

“Qarnabcho‘l qo‘shig‘i” nomli birinchi kitobi 1994 yilda nashr etildi. Shundan so‘ng shoirning “Onang tirik, bolam”, “Men yomg‘irli kunda kelaman”, “Qarnabota armoni”, “Jurnalistning noni qattiq”, “Otamning saboqlari”, “Umrning o‘rtasi”, “O‘zimdek yashashni istayman”, “Bedavo ko‘ngil”, “Sog‘inch”, “Omonat”, “Ko‘ngil bilan suhbat” singari turli janrlardagi kitoblari nashr etildi.

Farmon Toshev “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farmon Toshevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etadi, unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik, quvonch-shodlik va ulkan ijodiy zafarlar tilaydi.