“Oynai jahon”ning jonfidolari!

2020-04-02T05:30:01+05:002 April, 2020|She'rlar|

1 aprelya 2020
Ko‘chalar kimsasiz – vaqt oqar sekin. Jami ulus uyda – yod duolari. Tunni tongga ulab uzatar betin, “Oynai jahon”ning jonfidolari!
Xavotir odamni goho qaritar, O‘ylatar dunyoning sas-sadolari. Shubha gumoningiz biroq aritar, “Oynai jahon”ning jonfidolari!
Bugun zamin xasta, zamon niqobda, Inson boshi egik, ta’na – iqobda, Odamiylik darsin o‘tar shu topda, “Oynai jahon”ning jonfidolari!
Goh dilga hush yoqmas bahor havosi, Qushlarning chug‘uri – nag‘ma-navosi, Ozurda ko‘nglingiz malham, davosi – “Oynai jahon”ning jonfidolari!
Tassufki, rost-yolg‘on bitta izdadir, Hadikdan kim olov, kimdir muzdadir. Bugun axborotning asli sizdadir, “Oynai jahon”ning jonfidolari.
El bilan bitta musht – bitta dastdasiz, Ko‘pning dardi bilan bemor, xastasiz. Vtan xizmatiga kamarbastasiz, “Oynai jahon”ning jonfidolari!
Bugun yovga yopiq darvozasiz siz, Ertangi orzular parvozisiz siz. Bir buyuk millatning ovozisiz siz, “Oynai jahon”ning jonfidolari!

Vohid LUQMON