RASMIY BAYONOT: besh nafar bemorning ahvoli og‘ir

2020-04-01T13:14:01+05:001 April, 2020|Umumiy yangiliklar|

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov:

– Mamlakatimizda koronavirus kasalligiga chalinganlar 173 nafarni tashkil etmoqda. Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan 93 bemorning 21 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti. Mazkur holat rengionalagik tekshiruv natijasida ham tasdiqlangan. Bemorlar 5 nafarining ahvoli og‘ir, 3 nafarining esa ahvoli nisbatan og‘ir, deb baholanmoqda. Ularning barchasi tegishli davolash muolajalarini olyapti.

Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida ham koronavirus kasalligiga chalingan bemorlar davolanyapti. Har bir vaziyat bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga tegishli axborotlar kelib tushyapti va mutaxassislarning kerakli maslahatlari tashkil etilyapti.

Ijobiy natijalar bor ekan, yaxshilikka umid qilsak bo‘ladi. Ammo dunyo miqyosida kasallik ko‘rsatkichi tobora o‘sib boryapti. Bir kunda dunyo bo‘yicha 70 mingdan ortiq odam kasallikka chalingan. Shunday ekan, biz uyda qolishimiz, tibbiyot xodimlarining maslahatlariga quloq tutishimiz kerak, vaziyatni chigallashtirib yuborishga hech birimizning haqimiz yo‘q!