O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 173 taga yetdi

2020-04-01T12:45:18+05:001 April, 2020|Umumiy yangiliklar|

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 1 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Endilikda O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 173tani tashkil etmoqda.

O‘zbekistonda koronavirusning ilk bemori 15 mart kuni qayd etilgandi. Shu vaqtgacha bemorlarning 8 nafari tuzaldi, ikki kishi vafot etdi.

Ayni vaqtgacha Toshkent shahridan tashqari Farg‘ona, Namangan, Andijon, Xorazm, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida ham koronavirus tashxisi qo‘yilgan 163 bemor davolanmoqda.