Orif TO‘XTASH

2020-04-01T12:02:24+05:001 April, 2020|She'rlar|

EL XIZMATIDA

Karantin davri uchun

Jurnalist ham aslida –
Inson, jonin asrar u.
Lekin Vatan ishida
Doim tayyor askar u!

El koriga yaray, deb
Tunni tongga ulaydi.
Bitta yaxshi xabardan –
Iztirobi qulaydi.

Yuragida shu yozuq:
Birmiz, qalban birgamiz!
Mitti tojdor ofatga
Yengilmaymiz, yengamiz!

Mamlakat taqdiriga
Oid bir o‘yda qoling.
Biz siz uchun ishdamiz,
Siz esa uyda qoling!

Tanimizga dard insa –
Chora izlar do‘xtirlar.
Dard oldini olishga –
Mas’ul telemuxbirlar!

Qalamingiz, tilingiz –
Xushxabardan tolmasin.
O‘zbekiston bag‘rida
Ofat izi qolmasin!

2020 yil, 1 aprel