Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda

2020-03-28T10:36:45+05:0028 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

Ayni vaqtgacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 16 taga oshib, 104 nafarni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, ularning 6 nafari 26 mart kuni Moskva–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar, 7 nafari ham 26 mart kuni Istanbul–Toshkent charter reysi orqali olib kelingan va karantinga olinganlar orasidan hamda 3 nafari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar orasidan aniqlangan. Shuningdek, oxirgi kun davomida 1 nafar bemor (erkak)da o‘lim holati qayd etildi.