Karantin paytida maoshlar qisqaradimi?

2020-03-28T08:10:10+05:0028 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

AOKA huzuridagi shtabda Adliya vaziri matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ishtirokida onlayn brifing o‘tkazildi.

Unda karantin paytida maoshlar kamaymaydimi degan mazmundagi savolga javob berildi.

– Mehnat kodeksining 156-moddasiga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari qaysi tartibda o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘sha tartibda o‘zgartiriladi, – dedi Sevara O‘rinboyeva.

Mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Istisno tariqasida bunday o‘zgartishga:

texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda o‘zgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq to‘lashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin bo‘lmasa;

qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yo‘l qo‘yilishi mumkin.

Bo‘lajak o‘zgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.

O‘zA