O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Navro‘z tabrigi

2020-03-21T07:47:32+05:0021 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

Aziz yurtdoshlar!

Hurmatli hamkasblar!

Yurtimizga Navro‘zi olam kirib keldi.

Navro‘z – yangi kun, sharqona yil boshi. Barcha insonlarni do‘stlik, ahillik, birdamlik, mehr-oqibatga chorlovchi ayyom.

Qalblarimizni Navro‘z qadriyatlari tark etmasin!

Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod bo‘lsin!

Navro‘zi olam bilan barcha yurtdoshlarimiz, hamkasblarimizni muborakbod etamiz!