Qutlov

2020-03-15T10:00:46+05:0015 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun “Xalq soʼzi” va “Narodnoe slovo” gazetalari bosh muharriri, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist Oʼtkir Rahmatov tavallud topgan kun. U 1948 yil 15 martda Samarqand viloyati Urgut tumanida tugʼilgan.

Iqtidorli shoir va jurnalist Oʼtkir Rahmaovt Samarqand davlat universitetining filologiya fakulьteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Oʼtkir Rahmat ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, boshqa idoralarda masʼul vazifalarda faoliyat koʼrsatgan.

Sheʼriyat ixlosmandlari shoirni “Irmoq”, “Sogʼinch”, “Jilgʼa”, “Rayhon hidi”, “Shukrona”, “Koʼzim qorachigʼi”, “Oy yogʼdusi”, “Ey, umri aziz…”, “Xayol ifori”, “Yurakdagi qush”, “Dilchiroq” (Tanlangan asarlar, 2010), “Xokisor maysa”, “Oʼtli ruh” kabi qator sheʼriy toʼplamlari orqali yaxshi biladi.

Oʼzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan taniqli jurnalist va shoir Oʼtkir Raxmatovni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz va unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik-farovonlik va ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz