“Suvchi” jamoat birlashmasi: hamkorlikdagi seminarlar

2020-03-11T12:05:07+05:0011 March, 2020|Surxondaryo vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi mana qariyb ikki yildirki, Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish” dasturidan o‘rin olgan “O‘zbekistonda suv va atrof-muhit masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish hamda hamkorlikni rivojlantirish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo Mintaqaviy Ekologik Markazi va uning O‘zbekistondagi filiali hamda “Suvchi” Jamoat Birlashmasi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘tgan davr mobaynida viloyatda ushbu loyiha asosida “Respublikaning oltita hududlarida ommaviy axborot vositalari uchun info-kompaniya instrumentlari (A3.3)” mavzusi bo‘yicha ko‘plab treninglar tashkil etib kelinmoqda. Navbatdagi tashkillashtirilgan seminar jurnalistlarning qizg‘in baxslariga sabab bo‘ldi.

Termiz shahridagi “Matbuot uyi”da bo‘lib o‘tgan seminarda “Suvchi” Jamoat Birlashmasi direktorlar kengashi raisi T.Majidov, mutaxassis A.Xo‘jaqulov «Mintaqamizda va mamlakatimizda suv resurslarini va suv xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar», «Qishloq xo‘jaligida suv tejash texnologiyalari», «Orol inqirozi va uni yumshatish» mavzularida prezintatsiya o‘tkazdi. Trening davomida jurnalistlar mutaxassislarga mavzu yuzasidan savollar bilan murojaat etishdi va aniq javoblarga, ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Tadbirda loyiha mutaxassislari trening ishtirokchilariga “Qishloq xo‘jaligida suv tejash texnologiyalari” mavzusi bo‘yicha materiallar taqdim qildi. Shuningdek, respublikada tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanib yutuqlarga erishiyotgan fermerlar hayotidan olingan videolavhalar namoyish qilindi.

Tadbirda ishtirokchilarning mavzular bo‘yicha fikrlari tinglandi. Seminar so‘ngida faol ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi