Obodlik mahalladan boshlanadi

2020-03-11T11:15:28+05:0011 March, 2020|Surxondaryo vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Surxondaryo viloyat bo‘limi viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bilan hamkorlikda Muzrabot tumaniga media-tur tashkil etdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda “Obod markaz” dasturlari shaharu qishloqlar, hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Bu bo‘yicha Muzrabot tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda? Bunyodkorlik ishlari qay darajada?

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Surxondaryo viloyat bo‘limi viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etgan media-turda shu savollarga javob izlandi.

Erta tongdan bir guruh jurnalistlar Muzrabot tumaniga otlanishdi. Dastavval ishtirokchilar aholi uchun qurilgan “Shaffof” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi “2017-2021 yillarda ko‘p xonodonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2922-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumanida joylashgan 6 ta ko‘p qavatli uy-joylarni tom qismini mukammal ta’mirlash uchun, dastur asosida banklar tomonidan 767 mln. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgandi. “Shaffof sari omad” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli “Shaffof” mahallasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uy-joylarni tom qismini mukammal ta’mirlash uchun tuman “Mikrokerdit banki” tomonidan 467 mln. so‘m va “Muzrabot kommunal ta’mir” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga qarashli “Shaffof” mahallasida joylashgan 3 ta ko‘p qavatli uy-joylarni tom qismini mukammal ta’mirlash uchun tuman “Agrobank” tomonidan 300 mln. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilib 6 ta ko‘p qavatli uy-joylarning tom qismi mukammal ta’mirlandi. Ularda aholining turmush tarzi qay xolatda ekanligi bilan jurnalistlar yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng, ular 2019 yil “Shaffof” MFY va “Yangi hayot” mahallalarida joylashgan 52 ta ko‘p qavvatli uy-joylarni ko‘rishdi. Tumandagi parrandachilik fabrikasi faoliyati bilan tanishishdi.

Media-tur davomida jurnalistlar Muzrabot tuman hokimi E.Alimov bilan uchrashishdi. Tuman hokimi jurnalistlarga tumandagi jadallik bilan olib borilayotgan keng qurilish va bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumot berib, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Mastura Xamrayeva

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi

Surxondaryo viloyat bo‘limi mutaxassisi