Xususan, 7 mart kuni butun O‘zbekiston xotin-qizlariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, bayram bilan tabrikladi, davlat mukofotlarini topshirdi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida 18 yoshimda ish boshlagan edim. Bugun 78 yoshga kirdim. Hozir ham televideniega chaqirib turishadi. Ustoz deb ardoqlashadi. Bayram arafasida davlatimizning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeniga munosib ko‘rildim. Mukofotni Prezidentimiz nomidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov topshirdi. Bu yuksak e’tirofdan boshim ko‘kka yetdi.
Nasiba QAMBAROVA,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist,
oliy toifali suxandon,
“Do‘stlik” ordeni sohibi.