Muzayyana Xo‘jaeva: «Hali yozilmagan maqolalarim ko‘p»

2020-03-09T07:39:19+05:009 March, 2020|Umumiy yangiliklar|

“Ovozi Samarqand” gazetasi bosh muharriri Bahodir Rahmonov bilan birgalikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Muzayyana Xo‘jaeva xonadoniga bordik va 80 yoshni qarshilayotgan ustoz hamkasbimiz bilan suhbatlashib qaytdik.

Muzayyana Xo‘jaeva “Ovozi tojik”dagi ijodiy faoliyati, Farida Abdurahimova, Muqaddas Abdusamatova bilan ijodiy hamkorligi, do‘stligi, Samarqandda tojik tilida gazeta va teleko‘rsatuvlar ochish jarayonidagi ishtiroki haqida havas bilan gapirib berdi. Biz tajribali jurnalistdan ko‘p saboqlar oldik.

– Kelganlaring uchun rahmat, – dedi Muzayyana aya. – Ancha yoshardim, qandli diabetim ham bilinmay qoldi. Hali tetikman, tahliliy maqolalar yozib, tahririyatga jo‘nataman.

Bu gaplar bizga ham quvonch bag‘ishladi.

Farmon Toshev.