Adabiyotda ayol timsoli

2020-03-05T12:58:12+05:005 March, 2020|Namangan vil.|

O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi 8-mart xalqaro Xotin-qizlar bayrami arafasida “Badiiy adabiyotda ayol timsoli” nomli ma’naviy tadbir o‘tkazdi.

Tadbirda tizimda ishlayotgan ayol-qizlar o‘rtasida Abdulla Qodiriyning “Mexrobdan chayon”, “O‘tkan kunlar”, O‘tkir Xoshimovning “Dunyoning ishlari”, Tog‘ay Murodning “Oydinda yurgan odamlar” asarlari, shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva she’rlari asosida kitobxonlik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Qariyb uch soat davom etgan tanlovda Uychi tuman AKM kutubxonachisi Jamila Po‘latova 1-, Namangan tumanidan Maktuba Rahimova 2-, Chortoq tumanidan Xabiba Isaboyeva 3- o‘rinni egallashdi. G‘oliblarga, tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar topshirildi.