Qutlov

2020-03-05T12:47:30+05:005 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun “Inson va qonun” gazetasi bosh muharriri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Qo‘chqor Norqobilning tug‘ilgan kuni. Qo‘chqor Norqobil 1968 yil 5 martda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida tavallud topgan.

U 1992 yilda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tamomladi. Mehnat faoliyatini “Turkiston” gazetasida boshlab, keyinchalik “O‘zbekiston ovozi”, “Xalq so‘zi” gazetalari va “Saodat” jurnalida ishladi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Qo‘chqor Norqobilni tavallud kuni bilan chin dildan tabriklaymiz, Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik, farovonlik, ijodiy yutuqlar tilaymiz.