Qutlov

2020-03-04T06:30:43+05:004 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi a’zosi, “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri Abdurasul Jumaqulov 54 bahorni qarshiladi.

A.Jumaqulov taniqli jurnalist va mohir tashkilotchi sifatida milliy mediamuhitda o‘z o‘rnini topgan.

U 1966 yili Surhondaryo viloyatining Termiz tumanida tug‘ilgan. 1990 yili, O‘zbekiston Milliy universitetini, 2007 yil Termiz davlat universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha ham jurnalist va iqtisodchi.

Mehnat faoliyatini “Surxon tongi” gazetasida muxbirlikdan boshlab, bo‘lim mudiri, mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan. So‘ngra “Tadbirkor”, “Xalq yo‘li” gazetalarida bosh muharrir, “O‘zbekiston ovozi” gazetasi bosh muharriri o‘rinbosari. “Fermer” jurnali bosh muharriri lavozimida faoliyat yuritgan.

Hozirgi vaqtda “Hurriyat” gazetasi bosh muharriri.

Uning xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, 2003 yili “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Abdurasul Jumaqulovni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz va unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz!