Qutlov

2020-03-04T06:20:31+05:004 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Navoiy viloyati bo‘limi raisi Aslonov Otabek Olim o‘g‘li tavallud kunini nishonlamoqda.

O.Aslonov 1982 yili Navoiy viloyatining Karmana tumanida tug‘ilgan. 2005 yili O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Jurnalistika sohasidagi faoliyatini 2004 yili “Turkiston” ijtimoiy-siyosiy gazetasi muxbiri sifatida boshladi. Keyin Navoiy viloyati “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi maxsus muxbiri, “Karmana ovozi” gazetasi bosh muharriri, Navoiy viloyati teleradiokompaniyasi bosh muharriri, direktori o‘rinbosari, Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari – viloyat hokimining matbuot kotibi lavozimlarida ishladi.

2019 yil 7 avgustdan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi raisi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan Otabek Aslonovni tug‘ilgan kuni bilan chin dildan tabriklaymiz va unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik va ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz!