Qutlov

2020-03-02T06:05:12+05:002 March, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 2 mart kuni, ustoz jurnalist, “Qiziltepa tongi” gazetasi bosh muharriri Rahim aka Maqsudov 80 bahorni qarshiladilar.

Rahim aka o‘z faoliyatlarini 1957 yili “Moskva” kolxozida ishlashdan boshlaganlar. Keyinroq Buxoro davlat pedagogika institutida taxsil oldilar. Uzoq yillar maktabda va Buxoro davlat pedagogika institutida o‘qituvchilik qilib, yoshlarga bilim berdilar. 1979 yili “Qiziltepa tongi” gazetasi muharriri, so‘ngra Xalq deputatlari Qiziltepa tuman kengashi raisi o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatib, 1998 yildan yana gazetaga qaytdilar va hozirga qadar gazeta bosh muharriri lavozimidalar.

2008 yili “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda “Faol fuqarolik pozitsiyasi uchun” rag‘batlantiruvchi nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldilar.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan ustoz jurnalist R.Maqsudovni qutlug‘ yosh bilan muborakbod etib, uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy farovonlik, ijodiy yutuqlar tilaymiz!