Suv bu hayot demakdir

2020-03-03T06:28:24+05:0028 February, 2020|Xorazm vil.|

Yevropa ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazining O‘zbekistondagi filiali va “Suvchi ” jamoat birlashmasi bilan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

O‘tgan 2019 yilda xududdagi matbuot va OAV xodimlari ishtirokida prestur, davra suhbati va uchrashuv ko‘rinishidagi tadbirlar hamkorlikda yilning xar choragida o‘tkazildi.

Navbatdagi tadbirda xam ko‘plab jurnalistlar ishtirok etib, “Qishloq xo‘jaligida suvni tejash texnalogiyalari”, “Past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimi” mavzularida mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi.

“Orol inqirozi va uni yumshatish” loyixasining taqdimotida jurnalistlarga mutaxassislar tomonidan ko‘plab ma’lumotlar berildi.

Tadbir doirasida “Suvchi” jamoat birlashmasi tomonidan tayyorlangan “Suv resurslaridan foydalaninsh va atrof-muxitni xalol qilish madaniyati” nomli qo‘llanmaning taqdimoti xam bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekistonda suv va atrof-muhit masalalari bo‘yicha xabardorlikni oshirish xamda hamkorlikni rivojlantirish” loyihasi doirasidan tadbir so‘ngida faol jurnalistlar “Suvchi” jamoat birlashmasi tomonidan taqdirlandi.

Shuhrat Quryozov