Yosh blogerlar safi kengayadi

2020-02-28T05:43:43+05:0028 February, 2020|Surxondaryo vil.|

Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Bizni shu qadar ko‘plab ma’lumotlar qamrab olganki, ularning orasidan kerakli manbani topa bilishimiz muximdir. Ayniqsa bu borada o‘sib kelayotgan yoshlarning kerakli axborotni topishi va ma’lumotlarni joylay olishni bilishi lozim. Bu borada O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi va O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Surxondaryo viloyat bo‘limi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina Kengash bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yosh blogerlar” o‘quv seminari ham ular uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi.

Termiz shahridagi Xalqaro yoshlar oromgohida jam bo‘lgan maktablardagi press klub va matbuot bo‘limi yo‘nalishlari sardorlari shu kuni bloger M.Xamroyevadan savollariga javob olishdi.

Tadbirni O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi raisi Jahongir Saloxiddinov ochib, kengash sardorlari ichida ijodkorlar ko‘pligi va ularning orasida jurnalist bo‘lishni niyat qilgan yoshlar talaygina ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birgalikda ularning qobiliyatini to‘g‘ri yo‘naltirib borish borasida fikr bildirdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar bloger kim? Bloger sifatida nimalarga e’tibor berish kerak? Jurnalist va blogerning farki nimada? Maqola va postning bir biridan nima asosida ajratsa bo‘ladi? Viloyatimizda internet jurnalistika rivojlanishi qay xolatda? kabi mavzularda trener bilan suxbatlashishdi.

Intereaktiv o‘yinlar ham tashkil etilgani ishtirokchilarni yanada qiziqtirdi. O‘quv seminari so‘ngida faol ishtirok etgan yoshlar uyushma va shahar Kengashi tomonidan taqdirlandi.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining

Surxondaryo viloyat bo‘limi