Qutlov

2020-02-25T12:03:52+05:0025 February, 2020|Qutlovlar|

Bugun, 25 fevral kuni O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Xorazm viloyati bo‘limi raisi O‘tkirbek Matqurbonovning tug‘ilgan kuni. O‘tkirbek Matqurbonov 1968 yili tavallud topgan. U telejurnalist va tashkilotchi sifatida Xorazm viloyati jurnalistikasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi nomidan O‘tkirbek Matqurbonovni tavallud kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz. Unga uzoq umr, mustahkam salomatlik, oilaviy tinchlik va farovonlik, ulkan ijodiy yutuqlar tilaymiz!