O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha 4 pog‘onaga yuqoriladi

2020-02-20T06:08:09+05:0020 February, 2020|Umumiy yangiliklar|

Ookla kompaniyasining Speedtest.net servisi 2020 yil yanvar oyi natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Speedtest Global Index mobil va simli aloqa internet tezligi reytingi bo‘yicha O‘zbekiston to‘rt pozitsiyaga yuqoriladi.

Umumiy reytingida esa O‘zbekiston hozirgi kunda 104-pog‘onani egallab, 2019 yil yanvar holatiga nisbatan 15 pozitsiyaga ko‘tarildi. Bu mazkur davr bo‘yicha butun dunyoda eng yuqori o‘sish bo‘ldi.

2020 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra biz bir qator davlatlardan oldindamiz ­– Gruziya (107-o‘rin), Ozarbayjon (116-o‘rin), Tojikiston (109-o‘rin) hamda Turkmaniston (176-o‘rin).

Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi 10,89 Mbit/s dan 25,75 Mbit/c gacha o‘sdi.

Ma’lumot uchun, Speedtest portali internet tezligini tekshirish uchun umumjahon internet foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi. Portal foydalanuvchilar tomonidan berilgan ma’lumotlar asosida tahlil olib boradi va doimiy ravishda reyting tayyorlaydi.

Speedtest portalida har yili foydalanuvchilar tomonidan 10 milliarddan oshiq testlar o‘tkaziladi.

O‘zA