O‘zbekistonda yagona axborot siyosati konsepsiyasi tasdiqlanadi

2020-02-12T06:04:55+05:0012 February, 2020|Umumiy yangiliklar|

Avval xabar berganimizdek, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi va 2020 yil Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat axborot siyosati shakllantiriladi.

Loyihaning bajarilish muddati 2020 yil 1 mart.

Ijro uchun mas’ullar Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Adliya vazirligi, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar.

Loyiha bilan O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi tasdiqlanadi.

Konsepsiyada:

• axborot sohasidagi milliy manfaatlarni belgilovchi yagona davlat axborot siyosatini ishlab chiqish mexanizmlarini shakllantirish;

• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari

• va tashkilotlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik

• va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;

• butunjahon Internet axborot tarmog‘ida o‘zbek tilidagi segmentni rivojlantirish va aholining mediasavodxonligini oshirish;

• jurnalistika sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ularning huquq va majburiyatlarini anglashi, respublikaning global axborot makoniga sifatli integratsiyasi bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.

O‘zA