Gazetxonlar bilan uchrashuv

2020-02-06T18:28:25+05:006 February, 2020|Xorazm vil.|

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi, “Bog‘ot sadosi” gazetasi taxririyati bilan hamkorlikda Bog‘ot tumani Madaniyat saroyida jurnalist va gazetxonlar uchrashuvini tashkil etdi.

Uchrashuvda ijodiy uyushma viloyat bo‘limi raisi O‘tkir Matqurbanov, Xorazm viloyat teleradiokompaniyasi muharriri Azamat Safarov, “Bog‘ot sadosi” gazetasi muharriri Sherzodxo‘ja Usmonxo‘jayevlar bugungi kunda jamiyatdagi islohotlar, matbuotning bu jarayondagi o‘rni haqida gapirdilar.

Bog‘ot tumani gazetxonlari ham o‘z navbatida “Bog‘ot sadosi” gazetasida tahliliy va gazetxonlarni fikrlashga, chuqur mushohada qilishga undaydigan maqolalar ko‘proq bo‘lishini, yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar ham keng yoritilib turishi lozim ekanligiga aloxida to‘xtalishdi.

Bo‘lib o‘tgan samimiy muloqotda jurnalistlar ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.

Shuhrat Quryozov